Saqlovchi suv isitgichini harid qilishdan oldin qanday ma'lumotlarni bilishingiz kerak?
Saqlovchi suv isitgichlari har xil bo’ladi - ular bir-biridan ichki hajmi, bak ishlab chiqarilgan xom-ashyosi, o'qi joylashgan joyi, ishlatiladigan isitish elementlari, boshqarilishi va boshqa ko'plab ko’rsatkichlarri bilan farq qilishi mumkin. Tezz.uz internet-do'koni menejerlari suv isitgichini harid qilayotganda uyingiz interyerini, oilada qancha odam borligini, shuningdek issiq suvdan foydalanish chastotasini hisobga olgan holda sizga qanday qilib to'g'ri tanlov qilish kerakligini tushuntirishadi. Ular sizga to'g'ri modelni tanlashda, eng qulay o'rnatish usuli va undan foydalanish qoidalarini tushuntirib o’tishadi.
Suv isitgichlarining sig’uvchanligi (hajmi)
Suv isitgichlarining turlari juda kop, shuning uchun ham xaridor aynan o'ziga mos modelni tanlashi mumkin. Mutaxassislar hajmi 90 litrdan oshmaydigan boyler sotib olishni maslahat berishadi - agar u bitta odam foydalanishi uchun mo'ljallangan bo'lsa. Bunday holatda, 50 litr hajmga ega suv isitgichiga talab ko’p. Bunday boyler ancha tejamkor, ammo shu bilan birga u suvni bir necha daqiqa davomida isitishga qodir.
Agar oila bir necha kishidan iborat bo'lsa, demak, 150 litrgacha hajmga ega bo'lgan boyler talab etiladi. Agar oilada to'rt yoki undan ortiq kishi bo'lsa, unda shunga ko'ra siz ko'proq sig'imli namunalarni tanlashingiz kerak. Shuni ta'kidlash joizki, 30 litrlik suv isitgichlariga talab jada katta. Ommaboplikning sababi nima? Hammasi juda oddiy - shunga o'xshash boyler ko'pincha issiq suv o'chirilgan davrda kvartiralarda ishlatiladi. Ular yozgi uylar uchun juda foydalik va qulay bo'lishi mumkin. Bunday isitgichlar hajmi jihatidan ixcham va vertikal yoki gorizontal ravishda o'rnatilishi mumkin - bu esa sizning kvartirangiz kichkina bo'lsa juda qulaydir. Gorizontal boylerlar qulayroq deb hisoblanadi, ammo ularning kamchiliklari bor - ular vertikal o'rnatiladigan modellarga qaraganda ancha qimmat.
Suv harorati
Mavjud suv isitgichlarining deyarli barchasi suvni 60-85 darajagacha isitadi. Uzoq vaqt davomida ma'lum bir haroratni saqlab turish qobiliyati boylerlarning asosiy afzalliklaridan biridir. Bu uzoq vaqt davomida issiqlikni "qulflaydigan" issiqlik izolyatsiya qiluvchi materiallar tufayli amalga oshiriladi.
Albatta, issiqlik izolyator qatlamining qalinligiga qarab, isitgichning o'lchamlari ham o'zgaradi. Ammo bu qatlam, o'z navbatida, suvning sovishiga yo'l qo'ymaydi - u kun davomida taxminan 4-5 darajaga soviydi, ba'zi namunalarda esa bu parametr bundan ham pastroqdir.
Suv isitgichlarining quvvati
Elektrlik suv isitgichlarining yana bir muhim ko’rsatkichi – bu ularning quvvat sarfidir, shuning uchun ham ular elektr tarmog’idan ishlashi mumkin. Agar isitgich, masalan, yozgi uyda kerak bo'lsa, tarmoq esa odatda og'ir yukni ko'tarishga qodir bo'lmagan hollarda, bu juda qulaydir. Mutaxassislar ikkita isitish elementi bo'lgan saqlovchi suv isitgichlarini sotib olishni maslahat berishadi. Ko'p miqdorda issiq suvga ehtiyoj qolmasa, ulardan birini ochirib qo’yish mumkin, bu esa tarmoqdagi yukni kamaytiradi va elektr energiyasini sezilarli darajada tejaydi. Bundan tashqari, agar elementlardan biri ishlamay qolsa, ikkinchisi yordamga kelib, suvni isitib berishi mumkin.
Agar kvartirada tunda energiya sarfini hisobga oladigan hisoblagich bo'lsa, suvni kunning aynan shu vaqtida isitish foydalidir. Agar buni bajarsangiz, elektr energiyasining narxi deyarli yarmigacha pasayadi.
Boyler bakining ichki qoplami
Ichkaridan korroziyaga qarshi maxsus qoplama qo'llaniladi, uning tarkibi boyler ishlash muddatiga bevosita ta'sir qiladi. Shuni ham ta'kidlash joizki, emal yoki shisha chinnidan qilingan qoplama korroziyaga uchramaydi. Ammo minus ham mavjud - bunday qoplama harorat o'zgarishiga ta'sir qiladi, bu esa kichik yoriqlar paydo bo’lish xavfini keltirib chiqaradi. Odatda bunday qurilmalarning kafolati 1 yilni tashkil qiladi, ammo ularning narxi hamyonbop bo’ladi.
Eng mashhurlari bu zanglamaydigan po'latdan yasalgan modellardir. Bunday namunalarning asosiy afzalliklari - bu juda ko’p xizmat muddati va mukammal korroziyadan himoyalanganidir. Eng qimmat boylerlarda qoplama titandan qilingan. Bunday modellarning kafolati 10 yilgacha bo'lishi mumkin, ammo bunday isitgichlarning narxi baland bo’ladi.
Endi bunday uskunalarning barcha ishlab chiqaruvchilari o'z mahsulotlarini magniy anodlari bilan ta'minlaydilar, bu esa korroziya shikastlanishidan qo'shimcha himoya qiladi. Har yil anodlarni almashtirish maqsadga muvofiqdir. Eng qimmat modellarda ular kamroq - odatda 5 yilda bir marta almashtiriladi. Siz anodni suv isitgichi bilan bir joyda sotib olishingiz mumkin va uni almashtirish uchun hech qanday professional ko'nikmaga ega bo'lishingiz shart emas - buni mutaxassislarning yordamisiz o'zingiz qilishingiz mumkin.
Boyler bosimi
Suv isitgichining normal ishlashi uchun suvning yuqori bosimi talab qilinmaydi. Shunga qaramay, ba'zi modellarning ish bosimi kamida 6 atmosferaga teng ekanligini ta'kidlash joiz, bu ularning dachalarda ishlashi uchun mos kelmasligi mumkin degani. Ko'pincha shahar tashqarisida suv bosimi juda past, shuning uchun isitgich modeli to'g'ri tanlanishi kerak.
Bular siz harid qilayotkanda e'tibor berishingiz kerak bo'lgan asosiy ko’rsatkichlar. Turli xil qo'shimcha qurilmalar boylerning ishlatilishi va xavfsizligini oshiradi, lekin shuningdek uning narxini ham oshiradi.
Isitgichlarni taqqoslash: gaz va elektr energiyasi
Ehtimol, elektrlik suv isitgichlarining yagona kamchiligi - bu suvning nisbatan sekin isishidir. Shu bilan birga, ko'pchilik hozir elektrlik boylerlarni afzal ko'rishadi, chunki ular juda ko'p ijobiy jihatlarga egadir.
• Gaz va elektr suv isitgichlarini tanlashda asosiy ko’rsatkichlardan biri bu narx. Shu sababli, elektr energiyasi gazlik analogiga nisbatan ancha arzon ekanligini ta'kidlash muhimdir.
• Gaz isitgichni o'rnatish juda murakkab va katta mablag' talab qiladi.
• Gazli boylerlarda kuchli yondirgichlardan foydalanadi, shuning uchun suv juda tez qiziydi - bu ushbu qurilmaning asosiy ustunligi . Ammo, bunday uskunani o'rnatish uchun sarflangan barcha xarajatlarni hisobga olsak, ozgina vaqtndan yutish uncha ham yahshidek ko'rinmaydi.
Ammo, agar barcha omillar hisobga olinsa, elektrlik saqlovchi isitgichlar – bu qulaylik, kam energiya sarfi va xavfsizlikni anglatadi va xar xil turdagi modellar hatto eng nozik didlik xaridorlarga ham mos qurilmani tanlashga imkon beradi.
Tezz.uz internet-do'konida ko'plab ixcham modifikatsiyalarni topishingiz mumkin. Bunday qurilmalar, masalan, hammom devoriga yoki moyka ostiga o’rnatilishi ham mumkin. Ular kichik xonalar uchun ham juda yaxshi.
Boyler - bu har doim zaxirada issiq suv bo'lishiga imkon beradigan qurilma. Uy-joy kommunal xizmatlari odatda qanday ishlashini hisobga olsak, suv isitgichini sotib olish haqida deyarli har bir oila o'ylaydi. Ushbu texnika eng ommaboplardan biri hisoblanadi. U tarmoq va suv ta'minoti tizimiga ulangan deyarli har qanday xonada o'rnatilishi mumkin. Ushbu jihoz keraksiz shovqin, hid va toksik moddalar chiqarmay ishlaydi.
Bizning assortimentimizda xaridorlar dizayn va texnik xususiyatlari bilan ajralib turadigan ko'plab modellarni topishligisi mumkin. Bizning saytimizda siz elektlik suv isitgich arzon narxda va kafolat bilan harid qilishingiz mumkin.
Powered by Froala Editor
Powered by Froala Editor