Toshkent va O'zbekiston bo'ylab suv filtrlari

Suv —  bu hayot manbai, u yaxshi sifatli bo'lishi juda muhimdir. Zamonaviy sharoitda suv yahshilab tozalashni talab qiladi, chunki uning tarkibida turli xil aralashmalar, xlor va zararli bakteriyalarni bor.

Ko'pchilik shisha suv filtrlangan suvdan yaxshiroq va arzonroq deb hisoblashadi, shuning uchun ham ular uylariga kuler o'rnatadilar. Ammo teskari osmos yordamida tozalanib, ta'm berish uchun mineral tuzlar qo'shigandan so'ng, xuddi shu suv shishalarga quyilishini tushunishingiz kerak.

Uy oqava tizim filtri bilan tozalangan bir litr suvning ikkinchi yilga kelib narxi 110 so'mdan kam bo’ladi. Bir litr shisha suvining narxi esa — 1000 so’mdan 1500 so'mgacha. Bundan shu kelib chiqadiki, uy suv tozalash tizimi yordamida tozalangan suv kulerdagi suvga nisbatan ancha foydali bo’ladi. Ammo, ichimlik suvini tozalash uchun filtrni qanday tanlash mumkin?

Bugungi kunda O'zbekiston bozorida ikkita suv filtrlari ishlab chiqaruvchilari bor –Akvafor va Baryer.

Rossiyaning "Baryer" kompaniyasi suvni maishiy ehtiyojlar uchun va ichish uchun tayyorlaydigan keng turdagi filtrlarni taklif etadi.

Filtr-ko'zalari turli xil dizaynlarda taqdim etiladi, ularning har biri o'ziga xos xususiyatlarga ega: ba'zi modellar muzlatgich eshigida qulay joylashadi, boshqalari kasseta resursi ko'rsatkichi bilan jihozlangan yoki katta hajmga ega, qolganlari esa bolalar uchun mo'ljallangan. Foydalanuvchilar bir nechta kassetalarni tanlashlari mumkin, ularning aksariyati vodoprovod suvida eng ko'p uchraydigan muammolarni hal qilish uchun mo'ljallangan: temir, xlorning ko'pligi, ftor yetishmasligi, suvning haddan tashqari qattiqligi va boshqalar Kartridjlar turiga qarab oltitagacha filtrlash qatlamiga va 350 litrgacha bo'lgan resursga ega bo'lishi mumkin. Sharhlarda ko'plab foydalanuvchilar ta'kidlashlaricha, filtrlar o'z vazifalarini juda yaxshi bajaradilar. Toshkentda siz Tezz.uz saytidan suv filtrini sotib olishingiz mumkin..

"Akvafor" brendi ostidagi suv tozalash filtrlarini ishlab chiqarish 20 yil oldin — 1992 yilda tashkil etilgan. Hozirgi kunda kompaniya suv quvurlari, quduq va quduq suvini filtrlash uchun mo'ljallangan bir nechta suv tozalash uskunalarini ishlab chiqaradi, shuningdek Akvafor ham filtrlar uchun kerakli komponentlarni ishlab chiqarish bilan ham shug’ullanadi. Kompaniyaning sifat tizimi ISO 9001:2000 xalqaro standartiga muvofiq sertifikatlangan (huddi "Baryer" kabi).

Mahsulotlar katalogida filtr-ko’zalar ham bo’r (ularning ba'zilarida elektron resurs hisoblagichlari bor), kran uchun nasadkalar, rakovina ostiga o’rnatiladigan filtrlar, kvartiraga keladigan suvni oldindan tozalash tizimlari, shuningdek quduqlar uchun suv tozalash tizimlari ham bor.

Suv tozalash vositalarining xilma-xilligi orasida asosiylarini ajratish mumkin:

- filtr-ko'zalar

- kartrijlik filtrlar:

   * magistral (bir bosqichli)

   * ko'p bosqichli

- teskari osmos qurilmalari

Keling, ushbu variantlarni batafsil ko'rib chiqamiz.

Tanlash mezonlari

Filtr-ko’zani sotib olayotganda, ko'plab turli xil xusuyatlariga – grafin hajmidan boshlab, kartrij materiallari va resurslariga qadar etibor berish kerak.

Ko'za va suv voronkasining hajmi

Maishiy filtr turli ishlab chiqaruvchilarda turli xil hajmga ega bo'lishi mumkin. Shunday qilib, "Baryer" kompaniyasi suv sig’uvchanligi 2,5 dan 4,2 litrgacha bo’lgan modellarni yetkazib beradi. Suv saqlagichingiz qancha katta bo'lsa, oilangiz uchun shuncha ko’p toza suv saqlash mumkin. Voronkaning hajmiga qarab bir quyilishda qancha suv filtrlanishini aniqlash oson. "Baryer" filtr-ko’zalari uchun bu ko'rsatkich 1,7 litrni tashkil etadi.

An'anaviy ravishda ularni o'lchamlari bo'yicha uchta toifaga bo'lish mumkin: butun oila uchun katta, o'rta va kichiklari, ular muzlatgich eshigiga sig’adi.

Kattalariga 1,6 dan 1,7 litrgacha bo'lgan voronka hajmiga ega bo'lgan modellar: Praym, Praym opti-layt, Grand, Grand Neo.

O'rtachalariga 1,4 dan 1,5 litrgacha bo'lgan voronka hajmiga ega bo'lgan modellar: Smart opti-layt, Aura, Chempion opti-layt, Tvist, Norma

Kichiklari 1 litrgacha bo'lgan voronka hajmiga ega bo'lgan modellar: Tango, Eko, Fit, Ekstra

Ko'rsatkich

Qurilmalarning ko'plab modellari elektron yoki mexanik ko'rsatkichlar bilan jihozlangan bo'lib, ular kartrijni almashtirish zarurligini ko'rsatadi. Bu nafaqat qulay, balki foydali ham, chunki kassetaning tozalovchi resursi tugaganidan keyin suvni ichish tavsiya etilmaydi.

Elektron indikatorli modellar: Praym opti-layt, Smart opti-layt, Chempion opti-layt.

Mexanik indikatorli filtr-ko’zalar: Praym, Grand Neo, Norma, Fit.

Va indikatorsiz modellar: Grand, Aura, Tvist, Tango, Eko, Ekstra.

Dizayn va materiallar

Filtr-ko’zalarni ishlab chiqarish uchun odatda ekologik xavfsiz plastik ishlatiladi, u esa bisfenol Ani o'z ichiga olmaydi. Filtr-ko’za korpusi va voronkasi shaffof yoki rangli materiallardan tayyorlanishi mumkin. Dizayn filtrlash sifatiga hech qanday ta'sir ko'rsatmaydi, ammo iste'molchilar interyerlariga mos keladigan suvni tozalash uchun filtr-ko’zani tanlashlari mumkin.

Kartrijlar

Almashtiriladigan kassetlarda faollashtirilgan uglerod yoki ion almashinuvi qatro tufayli tozalashni amalga oshiradilar. Ularning yordami bilan tuz, temir, xlor va boshqa zararli moddalarni suvdan chiqarib tashlashingiz mumkin. Ba'zi modullarda kumush bilan ishlangan ko'mir mavjud bo'lib, bu viruslar yoki bakteriyalarning ko'payishini oldini oladi. Ko'pincha kartrijlar bir vaqtning o'zida bir nechta tozalash hususiyatlariga ega bo’ladilar. Shunday qilib, "Baryer" kasetlarining tarkibida:

• kumush bilan ishlov berilgan kokosli faol uglerod;

• ion almashinadigan qatron;

• milliardlab nanoргофнкфдфквфт tashkil topgan NanoPlus komponenti;

• nozik tozalash filtri bor.

Almashtiriladigan kartrij qancha ko'p zinapoyalarga ega bo'lsa, filtr-ko’zadagi suv shunchalik toza bo'ladi. Toshkentda suv filtrlari uchun kartrijlarini Tezz.uz saytidan sotib olishingiz mumkin.

Resurs

Ushbu ko’rsatgich kartrijga bog'liq va uni almashtirishdan oldin qancha litr suyuqlik tozalanishi mumkinligini ko'rsatadi. "Baryer" filtr-ko’zalari uchun 350 litrni tashkil etadi. Bir almashtiriladigan moduldan foydalanish vaqti uyda yashovchi odamlarning soni va suvning sifatli bilan belgilanadi. O'rtacha, 300 l resursiga ega bo'lgan filtr 3 kishidan iborat oila uchun 2 oyga yetadi. 

Agar siz tanlashning asosiy mezonlarini bilsangiz, filtr-ko’zangiz uchun eng yaxshi suv filtrini tanlash oson bo'ladi. Zamonaviy filtr-ko’zalardan foydalanish, mukammal tozalangan organoleptik xususiyatlarga ega bo'lgan suvni olish imkonini beradi.

MOYKA OSTIGA O’RNATILADIGAN OSHXONA FILTRLARI

Yuqori mahsuldorlik va suvni yaxshiroq tozalash uchun moyka ostiga yoki ustiga o'rnatiladigan filtrlardan foydalaning, ular devorga ham o'rnatilishi mumkin.

Ushbu tizimlarning ikki turi mavjud: kartrijlik va teskari osmos tizimlari. Kartrijliklari — arzonroq va bu ularning plyus jihati, minus jihati — filtr elementlarining holatini kuzatib borish va ularni vaqtida o'zgartirish kerak, aks holda barcha to'plangan loy suvga o'tadi.

Teskari osmos tizimlari — allaqachon ko'p texnologik uskunalar bo'lib, ular ancha qimmatroq, ammo tozalash sifati va unumdorligi ancha yuqori. Ushbu suv tozalash uckunalarida ko'p qatlamli membrana mavjud, uning har bir qatlami ma'lum turdagi ifloslantiruvchi moddalarni ushlab qoladi.

Magistral filtrlar

Bu, odatda, mexanik filtrdan keyin joylashtirilgan bir bosqichli filtrli shishalardir. Ular katta miqdordagi iflosliklarni olib tashlaydi, suvni ichish uchun moslashtirib beradilar va maishiy texnikani ohak shkalasi va boshqa kirlanishlar hosil bo’lishidan himoya qiladilar. 

Ko'p bosqichli filtrlar

Yuqorida tavsiflanganlardan ko'p miqdordagi kolbalar va ularning har birining ichida har xil ifloslantiruvchi moddalarni tozalaydigan kartrij borligi bilan ajralib turadilar. Tozalashning qanchalik ko'p bosqichlari bo'lsa, chiqishda suv shunchalik toza bo'ladi. Suvning o'ziga xos tarkibiga qarab filtr elementlarni tanlash kerak (texnik xususiyatlarini va tavsifini diqqat bilan o'qing).

Ushbu magistral quvirga yoki moyka ostiga o’rnatilishi va yuqori sifatli ichimlik suvi olishda yordam berishlari mumkin.

TESKARI OSMOS TIZIMI

Suyuqliklarni tozalashning eng yaxshi usullaridan biri teskari osmos tizimidir. Mexanik aralashmalar va zararli tuzlarni tozalash uchun muvaffaqiyatli qo’llaniladi. Tizim yarim o'tkazgichli membranadan iborat bo'lib, u turli zarralarni ushlab qoladi. Suyuqlik molekula darajada tozalanadi, bu esa bakteriyalarning kirib kelishiga to’sqinlik qiladi. Bir suv oqimi membranadan o'tayotganda, boshqasi teskari yo'nalishda harakat qiladi. Bunday oqim membranani tuz va ifloslantiruvchi elementlarning qoldiqlaridan tozalashga yordam beradi. Suyuqliklar bosim orqali itariladi, buni esa tarmoqning o'zi yoki maxsus nasos yaratadi. 

Afzalliklari:

• barcha егквфпш aralashmalardan eng samarali tozalash;

• tozalash sifati doimiy, har doim eng yuqori darajada va kartrij resursini ishlab chiqarishga bog'liq emas.

Kamchiliklaga taaluqli xususiyatlar:

• Tozalangan suvni olishning past tezligi, buning natijasida bunday filtrlar 8 dan 12 litrgacha bo'lgan qo'shimcha baklar bilan birga bo’ladi.

• Suvdagi zararli moddalar deyarli barcha tuzlar bilan birga chiqarib yuboriladi, shuning uchun suvni foydali mikroelementlar bilan to’yintiradigan mineralizatorlik modellarni tanlash kerak.

• Teskari osmos membranasi bilan suvni tozalash uchun quvurlarga yuqori bosim talab etiladi, shuning uchun ba'zi modellar bosim zarur darajadan past bo'lgan paytda avtomatik ravishda yoqiladigan ichki nasos bilan jihozlangan bo’ladi va shundagina tozalash jarayoni to'liq amalga oshiriladi.

Teskari osmos sistemasidagi suv sifatni shishalardagi suv bilan solishtirish mumkin. Ammo, uning narxi do’kondagi suvlarga nisbatan ancha past bo'ladi. Ushbu qurilma egalari ancha tejash mumkinligini, suvning yuqori sifatini va foydalanish uchun qulaylikni aytib o’tishadi.

DUSH UCHUN FILTRLAR

Filtrlar smesitel va dush shlanglari o'rtasida o’rnatiladigan nozul shaklida ishlab chiqariladi. Uning korpusi ichidagi mahsus sorbent mavjud bo’lib, u xlorning zararli moddalarini suvdan olib tashlaydi. Suv yumshoqroq bo'ladi, terini quritmaydi, allergik reaktsiyalarning rivojlanishiga olib kelmaydi. Filtr tufayli siz dush qabul qilingandan keyin terining qattiqlashishi oldini olishi va teeri keksayishini sekinlashtirishi mumkin.

Uyingizdagi suv turini hisobga olgan holda filtrni tanlang: agar suv qattiq bo'lsa — unda yumshatuvchi filtr kerak, agar suv juda yumshoq bo'lsa — qo'shimcha minerallashtirish kerak, agar suvda juda ko'p temir moddasi mavjud bo'lsa, ferrum-tozalash tizimiga afzallik beriladi. Ichimlik suvining kundalik kam ishlatsangiz siz filtr-ko’zani sotib olishingiz mumkin. Katta oila uchun teskari osmotik tizim ko'proq mos keladi.

Toshkentda suv filtrlarini har qanday tarmoqli do'konlarida xarid qilishingiz mumkin.