Toshkentdagi uyingiz uchun idish yuvish mashinasini qanday tanlash mumkin

Idish yuvish mashinalari erkaklar tomonidan, eng yoqimsiz uy vazifalaridan birini uni zimmasiga yuklash uchun,  ixtiro qilingan deb hisoblashadi. Aslida esa, idish yuvish mashinasi­­­­­ —  bu ayol kishi tomonidan ixtiro qilingan katta uy jihozlarining yagona turidir. 1893 yil Chikago shahrida  bo’lib o’tgan Jahon yarmarkasida amerikalik Jozefina Kokreyn tomonidan yaratilgan noyob qurilma —  idish yuvish mashinasi hammaning e'tiborini tortdi. Idish yuvish mashinasi oshxonada tengiyo’q yordamchi hisoblanadi. Uning paydo bo’lishi bilan ko'plab likobchalarni, finjonlarni, katta yog'li idishlarni qo'lda  yuvish zaruriyati yoqoladi. Shularni hammasini idish yuvish mashinasiga yuklash va 1-2 soatdan keyin toza idishlarni olish kifoya.

Maishiy texnika do'konlarida va onlayn-saytlarda xaridorlarga turli hil ishlab chiqaruvchilarning o'nlab modellari taklif etilsa, idish yuvish mashinasini qanday qilib tanlash mumkin? To'g'ri tanlov qilishingiz uchun, idish yuvish mashinalari haqida bilishingiz kerak bo'lgan hamma narsani aytib beramiz. Toshkentda idish yuvish mashinasini Tezz.uz internet do'konimiz veb-saytidan sotib olishingiz mumkin.

 

Turi va hajmi

Ichki qismining sig’uvchanligi va tashkil etilishi

Yuvish

Quritish

Filtrni tozalash

Idish yuvish mashinalari uchun vositalar 

Energiya va suv iste'moli

Boshqarish va displey

Dasturlar va funktsiyalar

Sho’vqin darajasi

 

Turi va hajmi. Ma'lumki, oshxona texnikalari orasida eng ko'p uchraydigan kenglik 45 va 60 santimetr. Idish yuvish mashinalari ham bundan istisno emas: ularning aksariyati "tor" (kengligi 45-50 sm) yoki "to'liq o'lchamli"dir (kengligi 60 sm). Har ikkalasining balandligi ham 85 santimetrga teng bo'lib, ko'p hollarda balandligini oyoqchalarining uzunligini o'zgartirish orqali sozlash mumkin: bu idish yuvish mashinasini to'g'ridan-to'g'ri stol ostiga o'rnatish uchun imkon beradi. Aksariyat idish yuvish mashinalarining chuqurligi standart ravishda — 60 sm. To'liq o'lchamli va tor idish yuvish mashinalari o'rtasidagi asosiy farq — bu bir vaqtning o'zida yuvilishi mumkin bo'lgan idishlarning sonidir. Tor idish yuvish mashinasiga o'rtacha 9-10 ta idish toplami sig’adi, to'liq hajmlisiga esa — 15 ta.

Ixcham idish yuvish mashinalarini alohida toifaga ajratish kerak. Ular, huddi katta akalari singari, alohida turadigan yoki ichkariga jihozlangan bo'ladi. Bunday idish yuvish mashinasining balandligi 45 santimetrga teng bo'lib, bu joyni sezilarli darajada tejash imkonini beradi.  Ixcham idish yuvish mashinalariga birdan beshgacha bo'lgan idishlar to'plami sig’adi.

Toshkentda xarid qilish mumkin bo'lgan idish yuvish mashinasining turini tanlash (ichkariga qurilgan yoki alohida turadigan) odatda did masalasidir. Alohida turadigan texnikada siz tejashingiz mumkin — odatda ular biroz arzonroq bo'ladi. Ichkariga to’liq yoki qisman to'liq jihozlangan idish yuvish mashinasi (eshikning tashqi tomonida joylashgan ochiq nazorat paneli bilan) oshxona jabhasini sotib olishni talab etadi — bu oshxonaning umumiy interyeriga "moslashga" yordam beradi, to'liq jihozlangan idish yuvish mashilarini esa, uni oshxona javonlari orasida  "yashirish" imkonini beradi. 

To'liq jihozlanmagan idish yuvish mashinasini boshqaruv paneli bildirib turadi

 

 

 

To'liq jihozlangan idish yuvish mashinasi, yopiq holatda, yana bir oshxona javoniga o'xshaydi

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Ichki qismining sig’uvchanligi va tashkil etilishi

Idish yuvish mashinasi ishlab chiqaruvchilari odatda "to'plamlar"da mashina sig’uvchanlik imkoniyatlarini baholaydilar. Ushbu aniq parametr, idish yuvish mashinasiga maksimal yuklashda qancha idish-tovoq sig’ishini aytib beradi. Zamonaviy bozorda taqdim etilgan minima sig’uvchanlik — 4 ta idishlar to’plami. Maksimal — 16 ta to'plam.

To'plam deb bitta odam uchun moljallangan yettita narsadan iborat bo'lgan idishlar aytiladi: salat likobchasi, birinchi taom uchun likobcha, ikkinchi taom uchun likobcha, non uchun likobcha, finjon yoki shirinlik uchun likobcha, ikkita qoshiq yoki ikkita sanchqi.

Bunday baholash qulay, chunki bu sizga har xil ishlab chiqaruvchilarning turli xil idish yuvish mashinalari modellarini bir-biri bilan taqqoslash imkonini beradi, ammo bu haqiqatdan ancha yiroq, chunki biz stakanlar, krujkalar, skovorodkalar va kostryulkalar haqida umuman gap olib bormaganimizni payqagandirsiz, ammo haqiqatda, ular idish yuvish mashinasining 50% dan ortiq hajmini egallashi mumkin.

Idishlarni joylashtirish usullari ma'lum bir modelga va uning savatlarining dizayniga bog'liqdir va, afsuski, do'kondagi yoki saytdagi idish yuvish mashinalariga nazar solsangiz, ularning qulayligini baholash (va hatto o’zaro taqqoslash ham) amri maholdir. Amaliyot shuni ko'rsatadiki, bu holatda texnika odamga emas, aksincha, odam oxir-oqibat texnikaga moslashadi. Idishlar yomon yoki yahshi yuvilshi, ular qanday joylashtirilganiga ham bog'liqdir. Aksariyat modellarda nozik bokallar uchun mahsus ushlagichlar yoki alohida javonlar, mo’rt idishlar uchun mahsus rezina qo’shimchalar va shu kabi yechimlar mavjud bo'ladi. Ular foydali bo’lmasligi va ularning barchasidan foydalanmasligingiz mumkin, ammo idish yuvish mashinasini tanlashda ishlab chiqaruvchi ushbu qurilmadan foyladanish tajribangizni yaxshilashga qaror qilgani haqida so'rash ortiqcha bo'lmaydi.

Yuvish sinfi. Tushunish uchun juda qiyin, sinov testlari yordamida —  maxsus ifloslangan idishlar yuvilganda aniqlanadigan toifadir. Agar idish-tovoqlar mukammal toza bo'lsa, idiah yuvish mashinasiga "A" sinfi beriladi. "C" sinfiga "kichik ifloslanish"lar mavjud bo’ladi. Darhaqiqat, bozordagi modellarning aksariyati A yoki B sinfiga mansub, va foydalanuvchi ularni laboratoriya sharoitida emas, balki haqiqiy sharoitda ajrata olishiga amin emasmiz. 

Deyarli barcha idish yuvish mashinalari (kichik, stol ustida turadiganlaridan tashqari) hozirga paytda uchta suv purkagichlari bilan jihozlanyapti — pastki, o'rta va yuqori. Pastkisi — odatda, eng katta hisoblanadi. Klassik qurilma —  bu suv bosimi ostida aylanadigan va teshiklaridan suv oqadigan "muvozanatchi". Xulosa shuki, umuman olganda, qurilmaning tengligi natija tengligini ta'minlaydi: zamonaviy idish yuvish mashinalarining aksariyati idishlarni taxminan bir xilda yuvadi. Hatto shunday fikr ham borki (garchi bizda uning to'g'riligiga ob'yektiv dalillar bo'lmasa-da) — hozirgi paytda yuvish samaradorligi idish yuvish mashinasidan ko'ra to'g'ri tanlangan vositaga bog'liq.

Quritish. Quritish sinfini tushunish ancha oson bo'ladi: A sinfiga to’liq quruq bo’ladigan idishlar kiradi, B va C sinflariga ozgina nam idishlar to'g'ri keladi. Eslatib o’tamizki, bugungi kunda C yoki D quritish sinfiga mansub idish yuvish mashinalarini topish uncha ham oson emas — ular juda noyob. Quritish ikki xil usulda amalga oshirilishi mumkin: kondensatsiya yoki turbo quritish yordamida. Arzonroq idish yuvish mashinalarida kondensatlash usuli qo'llaniladi, bu usulda idishlar issiq suv bilan chayiladi, song suv tomchilari bug'lanib, kameraning devorlarida kondensatlashadi va pastga o’qib tushadi. Bu jarayon ancha uzoq davom etadi. Qimmat idish yuvish mashinalarida turboquritish ishlatiladi, ya'ni idishlarni ustiga maxsus shamollatgich yordamida iliq havo yetkaziladi. Ushbu usul tez va samarali hisoblanadi. Yaqinda yangi funktsiya paydo bo'ldi: kondensat bilan quritiladigan idish yuvish mashinalarida, idish yuvinish oxirida eshik avtomatik tarzda biroz ochiladi, shunda quritish jarayoni tezroq bo'ladi. Bu mantiqiy va to'g'ri g'oya, shuning uchun ham, bu funktsiyaga ega idish yuvish mashinasi qolganlaridan afzalroq hisoblanadi.

Filtrni tozalash. Har qanday idish yuvish mashinasida filtr bor —  odatda u yuvish kamerasining pastki qismida joylashgan bo’ladi. Vaqti-vaqti bilan uni olib yog' va oziq-ovqat qoldiqlaridan qo'lda yuvib tashlash kerak. Agar siz o'zingizning dangasa yoki shunchaki irgamchi bo'lsangiz, siz "o'z -o'zini tozalash" filtrli modelni qidirishingiz kerak bo’ladi — u qo'lda yuvishni talab qilmaydi. 

Ammo, rostini aytganda, bizning ichki skeptikimiz "o'z -o'zini tozalash" qo’lga tozalashdan ko’ra samaraliroq bo’lishiga unchalik ham ishonmaydi.

Idish yuvish mashinalari uchun vositalar. Maishiy idish yuvish mashinalari uchun to'rt xil kimyoviy vositalar mavjud: idish yuvish vositalari, yumshatuvchi tuzlar, chayish vositalari va nihoyat, idish yuvish mashinalarini  yuvish uchun vositalar. Agar suvingizda kaltsiy tuzlari miqdori ko'p bo'lsa "qattiq" suv hisoblanadi va suvni yumshatish uchun tuz ishlatiladi. Buni eng oddiy usul bilan tekshirish mumkin: agar choynakda vodoprovod suvini qaynatsangiz uning ichiga qarang. Ohak ko’pmi? Demak, suv qattiq. Umuman yo’qmi?  Demak, tuz ishlatishga hojat yo’q. Odatda, tuz uchun bo'linma qopqog'ida ko’rsatkich bo’lib, uni suvning qattiqligiga qarab, ma'lum bir holatda qo'yish kerak —  shu tariqa tuzning suvga qo’shiladigan miqdori tartibga solinadi. Lekin sizning vodoprovod suvingizning qattiqligini aniqlash uchun, siz namuna olishingiz va uni maxsus laboratoriyaga olib borishingiz kerak bo'ladi. Chayish vositalarining maqsadi —  yuvilgan idishlarni quritishni tezlashtirish va dog'lar paydo bo'lishining oldini olishdir. Kukun va bitta komponentli dorilar bilan birga foydalanish zarurdir. Boshqa vositalarni qoshosh idish yuvish natijalariga qarab amalga oshiriladi. Ishoning, agar yuvish vositasini qo'shsangiz, yanada yaxshi bo'ladi!

Energiya va suv iste'moli

Turli sinflar haqida gap bo’rganda, energiya iste'moli sinfi haqida ham aytib o’tish ortiqcha bo'lmaydi. Bu yerda eng yuqori sinf A++ (zamonaviy idish yuvish mashinalari, bir vaqtlar eng yuqori A sinf  hisoblangan ko’rsatkichlarga asoslanib, ushbu modellarga qaraganda ancha tejamkor bo'lib qolgan). Sinf qancha yuqori bo'lsa, idish yuvish mashinangiz shunchalik kam elektr energiyasini sarflaydi. Foydalanuvchi uchun "muddat uchun energiya sarfi" kabi ko’rsatkich tushunarli bo'lib, uning yordamida siz mashinaning qancha elektr energiyasini iste'mol qilishini osongina hisoblashingiz mumkin, masalan, bir oy davomida kundalik ishlatish natijasida. Bundan tashqari, har bir idish yuvish mashinasida standart dastur uchun standart suv sarfi ko’rsatilgan. Har bir muddat uchun 15 litrgacha suv sarf qiladigan modellar tejamkor hisoblanadi, o'rtacha idish yuvish mashinalari 20 litrgacha suv sarflaydi, bu esa idishlarni qo'l bilan yuvgandan kora sarf qilinadigan suvdan kam bo'ladi. Nafaqat sovuq, balki issiq suvga ham ulangan idish yuvish mashinalari haqida alohida aytish kerak. Idishlarni yuvish uchun allaqachon isitilgan suv ishlatilganligi sababli (kerakli harorat issiq va sovuq suvni aralashtirish natijasida hosil bo’ladi), ular energiya sarfini sezilarli darajada kamaytirishi mumkin. Boshqa tomondan, bunday mashinalarni ishlatadigan ba'zi uy bekalari jo'mrakdagi issiq suvning sifati pastligi sababli idishlar unchali ham toza bo’lmayotkanidan shikoyat qiladilar. 

Boshqarish va displey

Zamonaviy idish yuvish mashinasida elektron tizim nazorati ostida ishlaydi, ular tugmalar to'plami (mexanik yoki sensorli) va, ehtimol, mashina foydalanuvchi bilan "muloqot qilishi" mumkin bo'lgan displeydan iboratdir. Displeyda, odatda, tanlangan dastur va mashinaning hozirgi holati (dastur tugagunga qadar vaqt, buzilganda xato kodi va boshqalar) ko'rsatiladi. Displeyli idish yuvish mashinalari yanada qulayroq bo'lishini tushuntirish shart emas, ammo shunga yarasha qimmatroq ham (displeysiz modellarga nisbatan). Displeyning yo’qligi  ko'pincha qurilmada turli xil LED ko'rsatkichlari mavjudligi bilan qoplanadi. Ular esa, odatda, tuz va chayish uchun vosita mavjudligi ko’rsatkichlari uchun mas'uldirlar.

Dasturlar va funktsiyalar

Bir tomondan, maxsus dasturlarning mavjudligi idish yuvish mashinasining bir yoki bir nechta modelini tanlashda hal qiluvchi omil bo'lishi mumkin. Boshqa tomondan esa — ko'plab foydalanuvchilar taqdim etilgan barcha imkoniyatlardan foydalanmaydi, odatda, ikki yoki uchta rejimdan foydalanashadi (tez/oddiy/kuchaytirilgan yuvish).

Shunga qaramay, zamonaviy idish yuvish mashinalarida taqdim etilgan eng keng tarqalgan dastur va imkoniyatlar haqida aytib o’tish maqsadga muvofiqdir.

• Avtomatik dastur — mashinaning o'zi optimal rejimni tanlaydi, idishlarni toza deb hisoblagunga qadar yuvadi. Odatda, idishlarning ifloslanish darajasi avtomatik ravishda suv shaffofligi sensori yordamida aniqlanadi.

• Bio-dastur — yog' va oqsil ifloslanishiga qarshi kurashish uchun tayyorlangan maxsus idish yuvish vositalari bilan ishlash dasturi;

• Tez yuvish — kam ifloslangan idishlarni yuvish dasturi;

Idish yuvish mashinalaridagi dasturlar 

Dastur 

Idish va uning ifloslanish darajasi

Qo’llash usuli

Intensiv 70° С

Kastrulkalar, idishlar va oshxona anjomlari
 Kuchli  ifloslanish

Kuchli ifloslangan, qurib qolgan yoki kuygan,

oziq-ovqat qoldiqli idishlarni yuvish uchun to’g’ri keladi

Avtomatik 65-75° С

Kastrulkalar, idishlar va oshxona anjomlari
 Kuchli  ifloslanish

Kuchli ifloslangan, qurib qolgan yoki kuygan,

oziq-ovqat qoldiqli idishlarni yuvish uchun to’g’ri keladi.  Ko’rsatkichlar yordamida

suv va elektr iste'molini optimallashtiradi

Normal 65° С

Idishlar va oshxona anjomlari
 Ortacha ifloslanish

Aralash turdagi  o'rtacha ifloslangan idishlarni yuklash uchun     to’g’ri keladi 

Avtomatik  45-65° С

Idishlar va oshxona anjomlari
 Kuchli  ifloslanish

Kuchli ifloslangan, qurib qolgan yoki kuygan,

oziq-ovqat qoldiqli idishlarni yuvish uchun to’g’ri keladi. Ko’rsatkichlar yordamida

suv va elektr iste'molini optimallashtiradi

Eko 50° С

Idishlar va oshxona anjomlari
 Ortacha ifloslanish

Ushbu dastur aralash turdagi kundalik ishlatiladigan idishlarni yuklash  uchun mo'ljallangan.

Suv va elektr iste'moli bo’yicha eng yaxshi kundalik natijalar 

Avaylab yuvish 40° С

Idishlar va oshxona anjomlari,
 oyna
 Kam ifloslanish

Kam ifloslangan, harorat o'zgarishiga sezgir  idishlarni yuvish uchun to’g’ri keladi

Avtomatik  35-45° С

Idishlar va oshxona anjomlari,
 oyna
 Kam ifloslanish

Kam ifloslangan, harorat o'zgarishiga sezgir  idishlarni har kuni yuvish uchun to’g’ri keladi. .  Ko’rsatkichlar yordamida suv va elektr iste'molini optimallashtiradi

Tez yuvish 45°С (35° С)

Idishlar va oshxona anjomlari,
 oyna
 Kam ifloslanish

Ushbu dastur kam ifloslangan idishlarni mo’tadil yuklashda tez natija olish uchun optimallashtirilgan. Quritish jarayoni yo'q

Birlamchi chayish (sovuq suv)

Kam ifloslanish

Ushbu dastur bir necha kun davomida mashina ichida iflos idishlar saqlanganda noxush hid tarqalishining oldini olish imkonini beradi, shuningdek idish yuvishdan eng yaxshi natijani olish uchun idishlarni tayyorlaydi 

 

• Intensiv yuvish —  kuchli ifloslanish uchun dastur. Yuqori harorat va vaqt oshishi bilan farq qiladi. Qurib qolgan oziq-ovqat qoldiqlari bo'lgan kastrulkalar, skovorodkalar va idishlar uchun to’g’ri keladi

• Avaylab yuvish — yuqori haroratga sezgir, ingichka shisha idishlar uchun to’g’ri keladi

 (masalan, bokallar);

• Ekonom dastur — kam ifloslangan idishlarni 50-55°C haroratida yuvish mumkin, bu esa yuvish jarayonida energiyaning 20% -25% gacha tejalishiga imkon beradi;

• Chayish — bu idish yuvadigan mashinaga qo'yilgan idishlarni yuvmasdan yengil chayish uchun mo'ljallangan maxsus dastur. Agar siz idish yuvish jarayonini keyinroq boshlashni va ko'proq idish-tovoq qo’shishni rejalashtirgan bo'lsangiz, ammo shu vaqt ichida oldin qo'yilgan idishlar "achib" qo’lishidan va yoqimsiz hid tarqatishi mumkinligidan qo'rqsangiz shu dastur to’g’ri keladi

• Oldingi variantga muqobil variant — kam yuklangan mashina bilan yuvishni boshlash. Bu yerda maxsus "yarim yuklash" rejimi yordam berishi mumkin.

 

Kechiktirilgan taymerining mavjudligi — bu eng zamonaviy modellarda mavjud bo'lgan standart xususiyatdir. Taymerning mavjudligi idishlarni yuvish jarayonini belgilangan vaqtda boshlashga imkon beradi, bu ayniqsa, ikki tarifli o’lchagich mavjud bo'lganida (ya'ni, tungi soatlarda elektr energiyasining past narxida) talab qilinadi.

Qimmat idish yuvish mashinalarida siz suvning qattiqligini avtomatik ravishda aniqlash funktsiyasini topishingiz mumkin, bu esa yumshatuvchi tuzni to'g'ri ishlatishga imkon beradi. Arzon va o'rta segment modellarida tuz iste'moli foydalanuvchi tomonidan qo'lda o'rnatiladi va suvning qattiqligini mustaqil ravishda o'rganish kerak bo’ladi.

 

Sho’vqin darajasi

Amaldagi qoidalarga asosan, ishlab chiqaruvchilar 55 db dan ortiq shovqin darajasiga ega bo’lgan idish yuvish mashinalarini ishlab chiqarishga haqli emasdirlar. O'rtacha narx segmentining aksariyat modellari 50 db dan past ishlaydi. 35-38 db dan ortiq bo'lmagan shovqin keltirib chiqarmaydigan, yanada "past" ishlaydigan qurilmalar mavjud. Ular invertor motor bilan jihozlangan mashinalar bo'lib, ularning korpusida qo'shimcha "Silence" belgisi bo'lishi mumkin. Yana bir muhim narsa - ovozli ko’rsatgich. Bu funksiya mavjud bo'lsa, masalan, kechasi idish yuvishni boshlash kerak bo'lgan paytda, uni o'chirib qo'yish mumkinligi muhimdir. 

 

Xulosalar

Shunday qilib, idish yuvish mashinasini tanlashda qo’l keladigan maslahatlar ketma-ketligini yana bir bor sanab o'tamiz.

Oldindan, idish yuvish mashinasini jihozlanishi va hajm faktorlari haqida qaror qabul qilishingiz kerak — keng, tor yoki, ehtimol, ixcham stol ustida turadigan bo'ladimi .

Ichki qismining tashkil qilish variantlaridan birini tanlang — klassik yoki zamonaviy. Bu faqat qulaylik haqida shaxsiy g'oyalaringizga bog'liq, ammo agar shubhangiz bo'lsa, biz hali ham zamonaviy variantni taklif qilamiz.

Agar yuvish sifatiga yondashuvingiz murosasiz bo'lsa, yuqori purkagichli "muvozanatchi" forsunka purkagichdan kora afzal. Agar siz yangi va o'rganilmagan narsalarni qo'llab — quvvatlaydigan va eksperimentlarni yaxshi ko'radigan kishi bo'lsangiz — pastki purkagichli, "muvozanatchi"lik purkagichdan ko'ra original bo’lgan idish yuvish mashinasini qidiring.

Agar toza va quruq idishlarni tez vaqtda olish muhim bo'lsa, sizga turboquritgichli idish yuvish mashinasi kerak bo'ladi (agar bo'lmasa — konvektsiya bilan ishlaydiganini bemalol sotib, bu juda katta miqdorda elektr tokini tejashga yordam beradi).

Konvektsiya quritishli idish yuvish mashinasi yuvish oxirida eshikni ochishni bilsa — bu foydali funktsiyadir, idish-tovoqlar tezroq quriydi. Ammo, yana bir bor, tezlik savoli siz uchun juda muhimmi yoki yo'qligida.

Erinchoq va irganuvchan bo’lsangiz o'z-o'zini tozalash filtriga ega idish yuvish mashinalariga e'tibor berishingiz kerak bo’ladi, aks holda vaqti-vaqti bilan filtrni olish va qo'l bilan tozalashingiz kerak bo’ladi.

Turli xil idish yuvish mashinalari turli hajmda energiya va suv iste'moli qilishadi, lekin rostini aytganda, biz bu omillarga iste'molchilar o'z tanlovlarini asoslashlarini tasavvur qilish qiyin. Agar siz suv quvuridagi issiq suv sifatiga ishonchingiz komil bo'lsa, siz issiq suvga ulangan modellarga etiboringizni qaratishingiz mumkin — bu juda ko'p elektr energiyasini tejashning bir usuli.

Boshqaruvning qulayligi shaxsiy imtiyozlarga juda bog'liq, shuning uchun tekshiruvga alternativa yo'q. Tasalli, biz hali idishlarni yuvish mashinasini uchratmaganligimizni aytishimiz mumkin, uning boshqaruvi idishlarni yuvishga ruxsat bermaydi :)

Oddiy, intensiv, avaylab yuvadigan va tezkor dastur barcha zamonaviy modellarda bor. Agar siz tungi tarifdan foydalangan holda elektr energiyasini tejashni istasangiz, idish yuvish mashinangiz kechiktirilgan start borligiga ishonch hosil qiling. Agar siz idishlarni yuklanganidan keyin darhol yuvishni boshlamasangiz, kechiktirilgan yuvish dasturiga ega bo'lgan idish yuvish mashinasi siz uchun qulay bo'ladi. Agar siz idishlarni tez-tez va juda ko'p miqdorda yuvishingiz kerak bo'lsa, idish yuvish mashinasida yarim yuklash rejimi borligiga ishonch hosil qiling.

Zamonaviy idish yuvish mashinalari — asosan, juda kam shovqinli qurilmalar, shun sababdan ham, agar mashina oshxonada tursa, ehtimol sizga har qandayi to’g’ri kelishi mumkin. Oshxona mehmonxona bilan birlashtirilgan bo'lsa, 45 db yoki undan past sho’vqin darajalik, sho’vqinsiz ishlaydiganlarini tanlaganingiz maquldir.